Fan-texnika | 20:19 / 20.04.2017
16526
10 daqiqa o‘qiladi

Shanghay avtosaloni eng yorqin premeralari

Shanghay motorshousi – Xitoydagi eng “qadimiy” avtomobil ko‘rgazmasi bo‘lib, u 32 yildan beri o‘tkazib kelinadi. 2017 yilda avtosalonga 18 davlatdan bo‘lgan kompaniyalar tashrif buyurdi. Ular ko‘rgazmaga bir yarim ming avtomobillarni olib kelishdi hamda ular 360 ming kvadrat metrlik hududda namoyish etildi. «Motor» 15ta eng yorqin premerani tanlab oldi va ularni bir galereyaga jamladi.

Citroen C5 Aircross

Yangi seriyali Citroen yo‘ltanlamasi – bu 4,5 metrlik uzunlik, modulli shassi, «progressiv gidravlik yostiqchalar»ga ega bo‘lgan ilgaklar, oldingi o‘rindig‘i massajli va 12,3 dyuymli ekranga ega elektr qurilmalar panelidir. Unda to‘la uzatmali gibridli kuch qurilmasi va oddiy old uzatmali 120 dan 180 ot kuchiga ega motorlar versiyasi bo‘ladi.

Citroen C5 Aircross

Avvalgi C5 Aircross – bu Xitoy bozoriga mo‘ljallangan avtomobil. Biroq 2018 yilning oxiridan u Yevropada ham paydo bo‘lishi ehtimolga yaqin.

Opel Grandland X

«Opel» yangi modeli xaridorlar uchun Nissan Qashqai bilan kurash olib bormoqchi. U PSA Peugeot Citroen guruhidagi modulli shassida qurilgan va Grip Control tizimi bilan jihozlangan. U fransuz yo‘ltanlamaslarida to‘la uzatmali transmissiya o‘rniga ishlatiladi.

Opel Grandland X

Kuch qurilmalari va transmissiyalar haqida batafsil ma'lumot yo‘q, biroq Opel Rossiyada ham paydo bo‘lishi mumkin.

Lexus NX

NX yo‘ltanlamasini restaylingdan so‘ng radiator yangi panjarasi va modernizatsiya qilingan oldingi bamper orqali yaxshi tanib olish mumkin. Shuningdek shassi qayta sozlandi va LC 500’dan adaptiv ilgak paydo bo‘ldi.

Lexus NX

Kuch qurilmalari borasida hammasi avvalgidek qolgan. Ayni damda yo‘ltanlamas 150 va 238 ot kuchiga ega motorlar, shuningdek, gibridli versiyada taklif etilishi mumkin.

BMW M4 CS

CS nusxasi – bu eng kuchli «EmTo‘rtlik» bo‘lib, u ayni damda xarid qilish mumkin. U 460 kuchli uch litrli «oltitalik» tvin-turbo va yetti pog‘onali «robot» bilan jihozlanadi. Bu mashina uchun «mexanika» taklif etilmaydi.

BMW M4 CS

Kupe «yuzga» 3,9 soniyada chiqishi mumkin. Maksimal tezlik soatiga 280 kilometr bilan cheklangan. CS Nyurburgringdagi aylanani 7 daqiqayu 38 soniyada bosib o‘tdi – oddiy «emka»dan 14 soniyaga tezroq. Germaniyada bunday mashina 116 900 yevro turadi.

Mercedes-Benz A Sedan Concept

«Mersedes»ning ixcham modellari shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ular orasida keyingi avloddagi «A-Klass» sedani ham bor. Darvoqe, u modulli shassiga ega bo‘ladi hamda keyingi yilda paydo bo‘ladi.

Mercedes-Benz A Sedan Concept

Bo‘lajak «Mersedes»lar tashqi qiyofasiga kelsak, eng o‘ziga xos jihatlardan biri vertikal taxtachalarga ega bo‘lgan yirik radiator panjarasidir. 

Skoda Vision E Concept

Volkswagen konserni Shanghayga birdaniga uchta kontseptual kupe-yo‘ltanlamasni olib keldi, ulardan har birining yurish masofasi zaxirasi 500 kilometrni tashkil etadi. Skoda kompaniyasi esa bunday variantni tayyorladi: 306 kuchli elektr kuch qurilmasi, litiyli batareyalar va «yuzga» olti soniyada chiqish.

Skoda Vision E Concept

Mashina avtopilotga ega, u to‘xtash joylarni qidirishi, haydovchining nigohini kuzatishi va hattoki yurak urishini hisoblashi mumkin. Favqulodda holatda, masalan, yurak xurujida, elektronika boshqaruvni o‘ziga oladi, mashinani yo‘l chetida to‘xtatadi va qutqaruv xizmatini chaqiradi.

Volkswagen ID Crozz

«Folksvagen»dan kupe-yo‘ltanlamas variantining o‘ziga xos jihatlari buriluvchi orqa eshiklar, markaziy ustunning yo‘qligi va avtopilotdir, u yoqilsa rul oldingi panelga joylashadi. Kuch qurilmasi – 302 kuchli. Maksimal tezlik – soatiga 180 kilometr.

Volkswagen ID Crozz


Elektr tortishli «Folksvagenlar» uchun alohida modulli negiz ishlab chiqildi. Birinchi seriyali elektrokar 2020 yilda paydo bo‘ladi. 2025 yilga kelib esa kompaniya har yili million dona elektromobildan sotishni rejalashtirgan.

Audi e-tron Sportback

Bu ham shunchaki shou-kar emas. «Sportbek» - bu rejalashtirilgan uchta elektr modeldan ikkinchisi. Audi ularni 2020 yilda bozorga chiqarmoqchi. Avvaliga kattaroq yo‘ltanlamas, keyin esa «Sportbek»ning o‘zi (2019 yilda) va undan so‘ng ixcham shahar avtomobili paydo bo‘ladi.

Audi e-tron Sportback

Prototip 435 ot kuchiga ega elektr kuch qurilmaga ega bo‘lib, u qisqa muddatli quvvatni oshirish rejimida (10 soniyaga) 503 ot kuchini berishi mumkin. Yo‘ltanlamas «yuzga» 4,5 soniyada chiqadi.

Mercedes-Benz S-Class

Yangilangan «Mersedes» tashqi qiyofasi biroz o‘zgartirildi va salonga uch kegayli sensorli panellarga ega rul qo‘shildi. Bundan tashqari, mashinada zamonaviy avtopilot bor bo‘lib, u boshqa avtomobillar va infratuzilma obektlari bilan muloqot qilishi mumkin.

Mercedes-Benz S-Class

4.7 «sakkiztalik» va 5.5 motor to‘rt litrli qurilma bilan almashtirildi, u S 560 nusxasida 469, S 63’da esa – 612 ot kuchini beradi. Bunday variantlardan so‘nggisi sedanga «yuzni» 3,5 soniyada olish imkonini taqdim etadi.

Lynk & Co 01

Lynk & Co – Volvo’ga egalik qiluvchi Xitoyning Geely kompaniyasiga tegishli marka. Bu fotosuratda – bu «Link»ning birinchi seriyali modeli bo‘lib, «volvo» shassisida qurilgan. Avtomobillar shved ishlab chiqaruvchisidan motorlarni oladi, ular ichida gibridli kuch qurilmasi ham bor.

Lynk & Co 01

Yo‘ltanlamas uchun 1,5 litrli uch silindrli quvvati 182 kuchga ega motor, 240 kuchli to‘rt silindrli 2.0 agregati va 223 kuchli ulanuvchi gibrid taklif etiladi. Xitoyda model 18,9 ming dollar turadi.

Lynk & Co 03

Sedan hozircha faqat kontsept hisoblanadi, biroq u seriyali variantga yaqin kontseptdir. Unda qurilma bazasi xuddi yo‘ltanlamasdek. «Link»ning barcha mashinalari aniq belgilangan hajmda, internet orqali, umrbod kafolat va Tarmoqqa bepul kirish imkoni bilan sotiladi.

Lynk & Co 03

Kompaniya an'anaviy moliyaviy dasturlar bilan birga, karshering dasturi va maxsus sxemalarni ham tayyorlaydi. Bunda uning egasi faqatgina avtomobildan foydalanish uchun haq to‘laydi, xolos.

Renault RS 2027 Vision Concept

«Reno» kompaniyasining poyga avtomobillari 2027 yilda qanday bo‘lishi kerakligiga oid fantaziyasi. Ishlab chiqaruvchi to‘la uzatmali, gibridli kuch qurilmasi, yopiq kokpit va avtopilotli bolidni o‘ylab topdi.

Renault RS 2027 Vision Concept

Bu prototipning kuch qurilmasi 1341 kuchni beradi. Uning tarkibiga turbinali «oltilik», ikkita elektromotor va KERS kinetik quvvat rekuperatsiya tizimi kiradi.

Nio ES8

Bu avtomobilni 1360 kuchli Nio EP9 giperkarini o‘ylab topgan yigitlar ishlab chiqishdi. Bu safar ular yetti o‘rinli yo‘ltanlamasni yaratishdi, u 2018 yilda ishlab chiqarila boshlanadi.

Nio ES8

Besh o‘rinli yo‘ltanlamasda alyuminiyli shassi va kuzov, old va orqa o‘qlarda elektromotorlar hamda bateriyalarni tez almashtirish tizimi bor. Texnik xususiyatlar haqida ma'lumot yo‘q.

BMW 5-Seies Li

BMW yangi «beshligi» varianti Xitoy uchun maxsus ishlab chiqildi. Bu g‘ildirak bazasi 133 millimetrga cho‘zilgan modifikatsiya.

BMW 5-Seies Li

«Limuzin» uchun tovush o‘tkazmaslik tizimi yaxshilandi, multimediya tizimiga ega monitorlar o‘rnatildi, tirsak qo‘yiluvchi joyga sensorli planshet va panoramali shisha tom qo‘yildi. 

Chevrolet FNR-X Concept

Chevrolet kontseptual yo‘ltanlamasi faol aerodinamika bilan ajralib turadi. Ular orasida – spoylerlar joylashuvi, radiator panjarasidagi teshikchalar va disklardagi qalqonchalar harakat rejimiga mos ravishda sozlanadi.

Chevrolet FNR-X Concept

Shuningdek mashinada avtopilot bor. U umumiy foydalanishdan tashqarida bo‘lgan yo‘llarda ham ishlashi mumkin. Bundan tashqari, qo‘shimcha reallikka ega tasvirni beruvchi proyektsion displey ham bor.

Qoros K-EV

Bu prototip Qoros kompaniyasi tomonidan Koenigsegg giperkarlar ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikda yaratildi. Avtomobil asimmetrik kuzov (haydovchi tomonida bitta eshik, yo‘lovchi tomonida esa – ikki eshik o‘rnatilgan), karbonli monokok va to‘rtta umumiy quvvati 870 ot kuchi bo‘lgan elektromotorga ega.

Qoros K-EV

Mashina «yuzga» 2,7 soniyada chiqadi. Maksimal tezlik – soatiga 260 kilometr. Yurish masofasi zaxirasi 480 kilometrga teng. 

Mavzuga oid