Iqtisodiyot | 23:49 / 20.04.2017
7794
1 daqiqa o‘qiladi

Tesla 53 mingta mashinasini qaytarib olmoqda

Foto:EPA

AQShning elektrokarlar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi Model S va Model X modellaridagi 53 mingta avtomobilni qaytarib olayotganini e'lon qildi. Bunga ushbu modellarda aniqlangan qo‘l tormozidagi nosozlik sabab bo‘lgan.   

Tesla ayni vaqtda ikkita model: sedan Model S va krossover Model X ishlab chiqaradi. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya tushumi 7 mlrd dollarni tashkil qilgan, 2015 yilda bu ko‘rsatkich 4 mlrd dollardan sal ko‘proq bo‘lgan. 

Kompaniya 2003 yilda tashkil etilgan. Dastlab u Tesla Motors deb nomlangan, biroq joriy yil boshida shunchaki Tesla deb atala boshlangan. Dastavval kompaniya elektrokarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lgan, biroq keyinroq quyosh batareyalari va boshqa energiya to‘plovchi tizimlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullana boshlagan.

Mavzuga oid