Fan-texnika | 15:54 / 22.04.2017
9046
1 daqiqa o‘qiladi

Domenlar narxi oshmaydigan bo‘ldi

2017 yilning 21 aprel kuni «UZ» domeni Ma'muri tomonidan UZINFOCOM Markazida «UZ» domenini Ro‘yxatga oluvchilar bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish Markazi saytida xabar berildi.

Yig‘ilishda domen nomini ro‘yxatga olish bo‘yicha xizmatlar qiymatini qayta ko‘rib chiqish va «UZ» hududi Ro‘yxatga oluvchilari uchun ro‘yxatga olish muddatini cho‘zdirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda «UZ» domenida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha xizmatlar narxini o‘zgartirmaslik va avvalgi holatda qoldirish haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda Ro‘yxatga oluvchilarning domenlar miqdorini oshirish bo‘yicha faoliyati ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid