AQSh Davlat departamenti Ukrainaga moliyaviy yordamni kesib, O‘zbekistonga ko‘paytirmoqda
AQSh Davlat departamenti tarmog‘i bo‘yicha Ukrainaga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamni 68,8 foizga qisqartirib, rejalashtirilgan 570 million o‘rniga 177 million dollar ajratadi. MDH davlatlaridan Belarus, Qozog‘iston, Gurjiston, Armaniston va Tojikistonga ham ajratiladigan xarajatlar qisqartirilgan. O‘zbekistonga ajratilajak yordam puli esa biroz ortgan.
«Vashington xalqaro moliyaviy yordamni qisqartirish maqsadida Amerika xalqaro rivojlantirish agentligi (USAID) dasturlarini qisqartirib, uni Davlat departamenti bilan birlashtirmoqchi», deb yozadi AQSh tashqi ishlar idorasining hujjatiga asoslanib Foreign Policy.
Umumiy miqdorda 2018 yilgi moliyalashtirish 30,8 foizga qisqarib, 11,75 mlrd. dollarni tashkil etishi kerak.
Moliyalashtirishning qisqartirilishi barcha mintaqalarni qamrab olgan. Eng yirik retspiyent hisoblanuvchi qora qit'a uchun moliyalashtirish 14 foizga kamayadi va 5,97 mlrd. dollarni tashkil etadi. Garchi, asosiy yordam oluvchilar uchun pul ko‘p ham kamaytirilmaydi: Tanzaniya 8,3 foiz kamroq — $560 mln., Nigeriya — $453 mln. (-1,8 foiz), Uganda — $449 mln (-13,1 foiz), Zambiya — $435 mln (-0,1 foiz).
Yaqin Sharq mamlakatlari uchun beriladigan pullar 7,2 foizga qisqartiriladi va 1,6 mlrd. dollarni tashkil etadi.
Bu holatda muammoli mintaqaning yirik pul oluvchilariga yordam ko‘paytiriladi: Iroq $300 mln. (+145 foiz), Iordan daryosining g‘arbiy sohili va G‘azo bo‘lgasi — $215 mln. (+4,6 foiz). Shuningdek, Suriya (+50 foiz, $150 mln.) va Liviya (+130 foiz, $23 mln.)
Yevropa va Yevroosiyoda qisqartirishlar sezilarli darajada amalga oshiriladi — 57,4 foiz, $363 mln.gacha. Bu holatda ilgari ularni qo‘llash Vashington uchun strategik muhim deb hisoblangan davlatlarga yordam dasturi ham kesib tashlangan. Masalan, Kiyevga beriladigan yordam 68,8 foizga kamayib, 177 mln. dollarni tashkil etadi.
«Bu qaror Ukrainani Rossiya bilan yaqinlashishga undashi mumkin, bu esa AQSh manfaatlariga zid», degan kenja Jorj Bush ma'muriyati vaqtida Ukrainada elchi bo‘lib ishlagan sobiq diplomat Uilyam Teylor.
«Ukrainada yillar davomida Amerika siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bu davlatni Yevropa institutlari bilan yaqinlashishini rag‘batlantirishdan iborat bo‘lib kelgan. Ukrainaning Rossiya bilan yaqinlashuvi bizning manfaatlarimiz doirasiga mos emas», — degan Teylor.
Armaniston uchun mo‘ljallangan 17,6 mln, Ozarboyjon uchun 7,7 mln, Belarus uchun 7,9 mln dollar moliyaviy yordam to‘liq bekor qilingan. Gurjistonni moliyalashtirish 41,4 foizga — 28 mln. dollargacha kesib tashlangan.
Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlariga ajratiladigan yordam pullarida kamayish bor (-27, foiz, $1,13 mlrd.gacha).
Qozog‘iston (6,2 mln. dollar) va Turkmaniston (3,9 mln. dollar) yordamdan to‘liq uzib qo‘yiladi. Qirg‘izistonda moliyalashtirish 60 foizga kamaytirilsa ($18 mln.gacha), Tojikistonda bu ko‘rsatkich 47,6 foizni tashkil etadi — $17,3 mln. O‘zbekistonga esa yordam puli 4,4 foizga oshirilgan va 9,8 mln. dollarga yetkazilgan.
Mintaqada eng yirik retsipiyentlar Afg‘oniston (-20 foiz, $650 mln.gacha) va Pokiston (-5,1 foiz, $211 mln.gacha) hisoblanishadi.
G‘arbiy yarim sharda moliyalashtirish 38,9 foizga kamayib, $662 mln.ni tashkil etadi. Eng kam mablag‘ Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq bu yerda ham moliyalashtirish qisqartirilgan (-41,1 foiz, $321 mln.gacha).
Mavzuga oid
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024