Jamiyat | 12:01 / 25.04.2017
21733
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda efir vaqtida teleboshlovchini chaqmoq urdi

Xitoydagi Dalian TV telekanali boshlovchisi jonli efir vaqtida chaqmoq zarbasiga yo‘liqdi. Bu haqda South China Morning Post nashrida yozilgan.

Hodisa Lu Syaodun ko‘chada turib ob-havo haqida ma'lumot berayotgan vaqtda ro‘y bergan. Shu vaqtda shaharda momaqaldiroq boshlangan.

Jenmin jibao gazetasining Youtube  portalidagi kanaliga joylashtirilgan videoda ko‘rish mumkinki, efir vaqtida yorqin chaqnash ro‘y beradi, shu vaqtda boshlovchi qattiq qichqiradi va zontigini tashlab yuboradi. Chaqmoq zarbasi aynan zontikka urilgandi.

"Mening qo‘lim qaqshadi, qo‘limni tok urgandek bo‘ldi", — deya uning so‘zlarini keltirgan South China Morning Post. Uchqun juda kuchsiz bo‘lgani aytilgan.

Mavzuga oid