Jahon | 20:07 / 27.04.2017
5732
1 daqiqa o‘qiladi

London politsiyasi parlament binosi oldida qurolli shaxsni qo‘lga oldi

London shahri politsiyasi Buyuk Britaniya parlamenti binosi hududida terakt tayyorlashda gumonlangan shaxsni qo‘lga olgan. Bu haqda Skotland-Yard ma'lum qildi.

"Vestminsterda 20 yosh atrofidagi yigit qurol saqlash va portlash uyushtirishga tayyorlanishda gumon qilinib qo‘lga olindi. Uning yonidan tig‘li qurol topilgan", deyilgan politsiya bayonotida.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Sky News telekanali xabariga ko‘ra, ayni vaqtda hukumat binolari joylashgan Uaytholl ko‘chasi yopilgan. Hududda ko‘plab politsiyachilar navbatchilik qilishmoqda.

 

Mavzuga oid