O‘zbekiston | 17:47 / 02.05.2017
13394
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijga farzandi bilan borayotganlar uchun ota va ona roziligi qaysi hollarda zarur?

Xorijiy mamlakatlarga farzandi bilan dam olish yoki sayohatga chiqayotgan ota yoki ona (ajrashgan) farzandi uchun hujjat tayyorlash chog‘ida ota va onaning birdek ruxsatini olishi shart emas. O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Ulug‘bek Toshxo‘jayev shu haqda ma'lum qildi. 

Ulug‘bek Toshxo‘jayev. Foto: Kun.uz

Uning aytishicha, buning uchun ta'lim muassasasi tomonidan imzolangan maxsus anketa, xorijga olib chiqilayotgan bolaning belgilangan tartibdagi fotosurati hamda uning pasporti (travel document)ni taqdim etish zarur bo‘ladi. Doimiy chiqib ketilayotgan bo‘lsagina, bolaning ikki ota-onasi roziligi talab etiladi. Toshxo‘jayevning aniqlik kiritishicha, agar kimdir (ichki ishlar idorasi xodimi) xorijga dam olishga chiqib ketayotgan bola uchun ota va ona roziligini birdek talab qilayotgan bo‘lsa, bu qonunga ziddir. 

Mavzuga oid