O‘zbekiston | 12:59 / 02.05.2017
84793
2 daqiqa o‘qiladi

«Ishonch telefoni». IIV xodimlariga e'tirozlarni 1102 raqami orqali bildirish mumkin

Foto: Kun.uz

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Jismoniy-yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi tashkil etildi.

Mazkur boshqarma tarkibida Murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markazi faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizovning Xalqaro press klubda tashkil etilgan matbuot brifingida ma'lum qilishicha, Ichki ishlar vazirining 1102 raqamli ishonch telefoni ham 1 maydan sinov tariqasida ish boshlagan. 

Vazirning alohida uqdirishicha, mazkur ishonch telefoni orqali fuqarolarning barcha turdagi murojaatlari emas, balki aynan ichki ishlar organlari xodimlarining ishi yoki faoliyatidan qoniqish hosil qilinmaganga doir arzlar qabul qilinadi. 

Ichki ishlar vazirligi xodimining aniqlik kiritishicha, bundan avval vazirlikdagi turli boshqarmalar qoshidagi 173ta ishonch telefonlari (fuqarolarning ichki ishlar idoralari xodimlari ustidan murojaatlarini qabul qilgan) birlashtirilib, Call-markaz tashkil etilgan. 

 

 

Mavzuga oid