Sport | 09:30 / 02.05.2017
13929
2 daqiqa o‘qiladi

Janning fantastik goli «Liverpul»ga g‘alaba keltirdi

Foto: twitter.com/@premierleague

Angliya chempionatining 35-turida «Liverpul» «Uotford» mehmoni bo‘lib, safardan g‘alaba bilan qaytdi. Uchrashuvdagi yagona golni birinchi bo‘lim so‘ngida Emre Jan Papen usulida urdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng mersisaydliklar jamoasi ochkolari sonini 69taga yetkazdi va uchinchi o‘rinda mustahkamlandi. To‘rtinchi o‘rindagi «Manchester Siti»da 66 ochko va zaxiradagi bitta o‘yin bor. «Uotford» esa 40 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda, 6 may kuni «Uotford» «Lester» maydoniga safar qiladi, «Liverpul» 7 may kuni «Sauthempton»ni qabul qiladi.

Uotford – Liverpul 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 45 Jan. 
Uotford – Gomes, Mariappa, Predl, Britos (Kabasele, 19), Amrabat (Okaka Chuka, 85), Kapu (Saksess, 73), Dukure, Kleverli, Yanmat, Dini, Nyang.
Liverpul – Minole, Klayn, Matip, Lovren, Milner, Jan, Leyva, Veynaldum, Firmino, Origi (Starrij, 84), Koutino (Lallana, 13; Klavan, 87).
Ogohlantirishlar: Leyva (44), Predl (48), Kapu (69), Saksess (90).

Mavzuga oid