Fan-texnika | 08:26 / 03.05.2017
7666
2 daqiqa o‘qiladi

Turistik kosmolyot yana bir sinov parvozidan muvaffaqiyatli o‘tdi

Foto:hi-news.ru

Dushanba kuni suborbital fazoviy kema - SpaceShipTwo Unity’ning navbatdagi sinovi bo‘lib o‘tdi. U Virgin Galactic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Muhandislar sinov parvozi davomida kemaga qo‘nish chog‘ida aerodinamik tormoz olishga yordam berishi kerak bo‘lgan tizimni tajribadan o‘tkazishdi. Sinov muvaffaqiyatli o‘tdi, shuning uchun kelasi safar mutaxassislar Unity’ning boshqa jihatlarini tekshirishadi.

Kompaniya vakillarining xabar berishicha, hisob bo‘yicha sakkizinchi parvoz odatiy rejimda o‘tgan. Unity fazoviy kemasi bortida ikki uchuvchi bo‘lgan bo‘lsa, WhiteKnightTwo tashuvchisini ham ikki nafar pilot boshqargan, shuningdek bortda muhandis ham bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Virgin Galactic’ning avvalgi kema modeli Kaliforniya janubidagi sahroda 2014 yilning kuzida sinov parvozi davomida qulab tushgandi. Halokat tufayli bir uchuvchi hayotdan ko‘z yumgan, boshqasi esa jiddiy jarohatlar olgan.

Ma'lumot uchun, Unity fazoviy kemasi birinchi navbatda suborbital turistlarga mo‘ljallangan. Xohlovchilar hozirning o‘zidayoq chipta xarid qilishi mumkin, uning narxi 250 ming dollarga teng.

Mavzuga oid