Sport | 19:07 / 06.05.2017
7801
2 daqiqa o‘qiladi

Harrison singan qo‘li bilan yugurish musobaqasi g‘olibi bo‘ldi

Foto: Twitter.com/@TrackKentucky

Amerikalik sportchi Kendra Harrison to‘siqlar orqali 100 metrga yugurish musobaqasida singan qo‘li bilan g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqida uning murabbiyi Erik Floril o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma'lum qildi.

"Kendra mashg‘ulotlar davomida qo‘lini sindirib olganidan keyin ham Dohadagi 100 metrga yugurish musobaqalarida g‘olib bo‘lib, o‘z tabiatidagi qat'iylikni namoyish qildi! Musobaqa tugashi bilanoq u shifoxonaga yetkazildi", - deb yozadi u. 

Harrisonning o‘zi ham keyinroq Twitter'da yugurish musobaqasidan oldingi mashg‘ulotlarda qo‘lini sindirib olgani, shunga qaramay, "Yaratganning yordami" va o‘z qat'iyati sabab bellashuvda g‘olib bo‘lgani haqida yozdi. 

Videorolikda sportchining qo‘li singanini ilg‘ash qiyin, faqat uning yuzidagi ifodadan qiynalayotganini ko‘rish mumkin. U 12,59 soniya natija bilan raqiblaridan ishonchli o‘zib ketdi. 

Kendra Harrison — IAAF Olmos ligasining yetti karra g‘olibi. 

Mavzuga oid