Fan-texnika | 11:52 / 08.05.2017
6835
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy harbiylar telefonlaridan ma'lumot o‘g‘irlanmasligiga qarshi dastur ishlab chiqdi

Foto: sltrib.com

Xitoy harbiy dasturchilari mobil telefonlarni kuzatish maqsadida maxsus dastur ishlab chiqishmoqda. U harbiy xizmatchilar maxfiy ma'lumotni uchinchi tomonga taqdim etmoqchi bo‘lsa, bu haqda avtomatik ravishda hukumatni ogoh etadi, deb yozmoqda Xitoy OAV. 

China News nashrining yozishicha, dasturni masofadan o‘rnatish va yo‘q qilish mumkin. Uning yordamida ma'lum bir veb sahifalarga kirishni to‘sib qo‘ysa bo‘ladi. Bundan tashqari, foydalanish soatlarini belgilash hamda ayrim so‘zlar qo‘llanilishini nazorat qilish imkoni mavjud. 

Dastur internetdan foydalanish bo‘yicha har qanday qoidabuzarlikni aniqlasa, tegishli joyga avtomatik ravishda xabar yuboradi. 

Bundan tashqari, dastur har bir foydalanuvchining telefon raqami va telefon modelini aniqlaydi. Ayni vaqtda, dastur sinov bosqichidan o‘tkazilmoqda. 

Ta'kidlanishicha, mazkur ishlanmaning asosiy maqsadlaridan biri maxfiy ma'lumotlar oshkor bo‘lishi ehtimollarini kamaytirishdir. 

Mavzuga oid