Fan-texnika | 08:18 / 12.05.2017
22782
4 daqiqa o‘qiladi

Avalon muzlatgichlari – O‘zbekistonda zamonaviy texnologiyalar

E'tiboringizga zamonaviy, innovatsion, yuqori texnologiyali Avalon muzlatgichlarini taqdim etamiz. Avalon – bu premium sinfdagi maishiy texnika bo‘lib, sizning qulayligingiz uchun yaratilgan. Bu – yuqori funksional va ixchamlik bilan ajralib turuvchi texnika. Avalon maishiy texnikasida ichkaridan ham, tashqaridan ham barcha kichik detallar atroflicha o‘ylangan, hamda u eng ilg‘or texnologiyalar va elegant dizaynni qamrab oladi. Bularning bari unga zamonaviy oshxonadan munosib joy olishiga zamin yaratadi.

Avalon muzlatgichlarini yaratishda tashqi dizaynga ham alohida e'tibor qaratildi. Avalon muzlatgichlari o‘z tashqi qiyofasi bilan darhol o‘ziga e'tibor tortadi. Qisqa va lo‘ndalikni yoqtiradiganlarni zanglamaydigan po‘latdan qilingan modellar o‘ziga jalb qilsa, estetik go‘zallik shaydolari qora shishadan tayyorlangan va intellektual sensorli panel boshqaruviga ega modelga e'tibor qaratishi shubhasiz.

Avalon muzlatgichlarining keng assortimenti turli talablarga ega oilaga o‘ziga mos bo‘lgan modelni tanlashga imkon beradi. Modeldan kelib chiqib, Avalon muzlatgichlari hajmi 432 dan 610 litrgacha bo‘lishi mumkin. Bunday hajm 5 va undan ortiq kishi bo‘lgan katta oilaga juda qulaydir.

Avalon laboratoriyasi texnologlari muzlatgichlarni yaratishda eng samarali, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishdi. Aynan shuning uchun Avalon muzlatgichlari o‘z ichiga qator afzalliklar va foydali vazifalarni birlashtirdi, ular sizning oziq-ovqatlaringizni nafaqat uzoq, balki xavfsiz saqlash imkonini beradi. Shu bilan birga, ularning barcha foydali jihatlari yo‘qotilmaydi.

Avalon muzlatgichlarida oziq-ovqatlarning barcha foydasi va yangiligini saqlab qolish uchun Multi Air Flow eng yangi sovutish texnologiyasi qo‘llanildi. U butun muzlatkich bo‘ylab sovutilgan havoni bir tekisda taqsimlaydi. Buning evaziga muzlatish kamerasida har doim kerakli harorat va namlik darajasi saqlanib qoladi, bu esa, oziq-ovqatlarni oddiy muzlatkichlarga qaraganda uzoq vaqt davomida saqlash mumkinligini anglatadi. 

Avalon muzlatgichlarining yana bir o‘ziga xos xususiyati – bu Twin Cooling System texnologiyasi. U sovutish va muzlatish kameralarini bir-biridan alohida tarzda sovutish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, har bir kamerada alohida optimal harorat sharoitini sozlash imkonini yaratadi.

Avalon muzlatgichlarining xususiyati bu bilan tugamaydi. Ishlab chiqaruvchilarning yana bir samarali g‘oyasi – bu My Fresh Choice texnologiyasidan foydalanganliklaridir. My Fresh Choice hududi – bu muzlatish kamerasidagi mustaqil konteyner bo‘lib, uning ichida muzlatishning uchta rejimidan birini tanlash mumkin: yengil (-5°S), o‘rta (-12°S), chuqur (-18°S) muzlatish.

Avalon muzlatgichlaridagi Nano Fresh texnologiyasi butun oilangiz a'zolari xaqida qayg‘uradi. Bu texnologiyadan foydalanish orqali muzlatish kamerasida bakteriyalar yo‘q qilinadi va ularning yana paydo bo‘lishini oldini oladi.

Shu tariqa Avalon muzlatgichlari o‘ziga yuqori texnologiyalarni jamlab olgan, bu Siz va yaqinlaringiz uchun mahsulotlarning barcha foydasi hamda ularni yangi holda saqlashda qo‘l keladi.

Yakunda shuni ta'kidlab o‘tish joizki, Avalon o‘z ichiga kir yuvish mashinalari, konditsionerlar, oshxona xavo torgichlari, muzlatgichlar, idish-yuvish mashinalari va o‘rnatiladigan oshxona texnikasini qamrab oluvchi barcha texnikaga 3 yil kafolat taqdim etadi. Bundan tashqari servis markazlari mavjud, va u yerda professional mutaxassislaridan har doim kerakli yordam va maslahatlar olishingiz mumkin.

Siz Avalon texnikasini xarid qilib, sifat va ishonchni tanlaysiz. Avalon – siz uchun yaratilgan!

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid