Jahon | 08:22 / 13.05.2017
6581
1 daqiqa o‘qiladi

FQBning sobiq direktori razvedka bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti tomondan o‘z lavozimidan bo‘shatilgan, Federal qidiruvlar byurosining sobiq direktori Jyeyms Komi AQSh kongressi senatidagi razvedka bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishida ishtirok etishni istamadi va yopiq yig‘ilishga taklifdan bosh tortdi.

Bu haqda senator Richard Berrga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi. Berrning aytishicha, qo‘mita keyingi haftada o‘tadigan yig‘ilishda Komini eshitmoqchi edi. 

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 9 may ertalab Komini iste'foga chiqardi. FQB direktori lavozimini kim egallashi hozircha noma'lum. Hozircha byuroni Komining o‘rinbosari lavozimini egallagan Endryu Makkabe boshqarib turadi.

Mavzuga oid