Light | 08:30 / 15.05.2017
6368
5 daqiqa o‘qiladi

Digital Panda kechasida Mail.ru Group taqdimoti

2017 yil 10 may kuni «Digital Panda» marketing agentligi «Cinzzano Terazza» yozgi maydonida tadbir uyushtirdi. Kechaning eng asosiy mehmoni «Mail.ru Group» bo‘lib, O‘zbekistondagi yirik kompaniya vakillariga o‘z resurslaridagi reklama imkoniyatlari haqida taqdimot ko‘rsatishdi.  

«Digital Panda» internetda brendlarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi va u o‘z mijozlariga  mail.ru va ok.ru reklama maydonlari uchun eksklyuziv imkoniyat eshigini ochadi.  

Tadbirga chaqirilgan mehmonlar «Oddiy kechadan-da qiziqroq» so‘zlari yozilgan taklifnomani olgan edilar. Bu va'da amalda o‘zini oqladi, mehmonlar nafaqat zavq olishdi, balki  digital-reklamalar sohasidagi dolzarb statistikalar bilan ham tanishishdi.

«Digital Panda» rahbari - Rushana Maksumova kechaning ishchi qismini ochib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirning asosiy maqsadi - hamkorlar va mijozlarga yoqimli kecha sovg‘a qilish, barchani bir yerga yig‘ish, o‘zaro suhbat qurib, g‘oyalar bilan o‘rtoqlashish. Axir barcha bir-biri bilan tanish, biroq bir yerda kamdan-kam holdagina ko‘rishishadi.

 
Mail.ru Group kompaniyasining vakillari – xorijiy hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha guruh rahbari - Yekaterina Yeroshenko hamda mijozlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i – Aleksandr Konev mail.ru va ok.ru maydonidagi imkoniyatlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazishdi.

«Milliy marketing markazi» assotsiatsiyasining boshqaruv raisi – Diyor Mirzaahmedov juda ham pozitiv ruhda chiqish qildi. U o‘z nutqida bu global jarayonning boshlanishi ekanligi, uning asosida yaxshi insonlar va kompaniyalar turishini qayd etdi. Shuningdek, u o‘z ehtiromini ham bildirdi.  

Kechaning ishchi qismini «Digital Panda» asoschisi - Sardor Jo‘rayev yopib berdi va tadbirdan ko‘zlangan maqsad - marketing, dijital va  AT sohalarining vakillarini taklif qilib, ularga «Mail.ru Group» kompaniyasining imkoniyatlarini tanishtirib, agentlik nafaqat o‘z kompaniyasiga qiziqish uyg‘otishda, balki «Mail.ru Group» resurslariga imkoniyat yaratishda ham barcha uchun ochiq ekanligini ta'kidlab o‘tdi: «Men «Mail.ru Group» O‘zbekiston bozorida istiqbolli kelajakni ko‘rayotganidan va master-klass hamda anjumanlar o‘tkazish uchun mamlakatimizga o‘zining rasmiy vakillarini yuborayotganidan mamnunman».

Aleksandr Konev – mijozlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i:
-  O‘zbekistonga uchinchi marotaba bo‘lishim va har safar bu mamlakatga katta mamnuniyat bilan tashrif buyuraman. Bu yerda doim iliq va xuddi, oila a'zosidek kutib olishadi. Internet-texnologiyalarda kelajakni ko‘rayotgan va ularni rivojlantirishga urinayotgan insonlar bilan suhbatlashish va yordam berish yoqimli.  
Rossiyaliklar uchun tadbirning bu kabi shaklda o‘tishi odatiy emas. Mehmonlarni jamlab, norasmiy muhitda muloqot qilish nafaqat biznes bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollarni muhokama qilish imkonini beradi, balki O‘zbekiston bozorida bizning ishimizga bilvosita to‘sqinlik qiluvchi mavzularda suhbatlashishga ham yordam beradi.

Yekaterina Yeroshenko - xorijiy hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha guruh rahbari.
Moskvadan uchib ketayotgan kunim qattiq qor yog‘ayotgan edi, Toshkentda esa meni iliq janubiy shamol va ajoyib bahor ifori qarshi oldi. O‘zbekistonga ilk bora tashrif buyurishim va mening dastlabki his-kechinmalarim quyoshning iliq tafti va mehribon, samimiy odamlar bilan bog‘liq. Moskvaliklar bilan solishtirganda, Toshkentliklar qalb iliqligi borasida yaxshi tomoni bilan ajralib turadi.

Moskvada biznes va dam olishni ajratishadi, bu yerda esa ikkisini ham ajoyib tarzda birlashtirishar ekan.  i to i drugoye. Men bu kabi miqyosda tadbir tashkil etgan va barchasini batafsil o‘ylagan kecha tashkilotchilari «Digital Panda» hamda bizning hamkorlarimizning katta xayrixohligini ko‘rmoqdaman.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid