Jamiyat | 18:34 / 16.05.2017
20231
3 daqiqa o‘qiladi

Birinchi McDonald's 77 yoshda: Kompaniya faoliyatiga bir nazar

Dunyoning eng yirik fast-fud restoranlari tarmog‘i  McDonald's ham boshqa ko‘plab sohalarda bo‘lgani o‘z faoliyatini quyidan boshlagan. 1940 yilning 15 mayida Kaliforniyaning San-Bernardino shahri ko‘chasida hamburgerlar sotuvchi peshtaxta faoliyatini boshladi. Aka-uka Richard va Moris MakDonaldlar o‘zlarining ilk  yemakxonasini McDonald's Bar-B-Q deb nomlashdi. Keyinroq, u yopildi. 

Ammo, 1948 yilda biznes faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi. O‘shanda McDonald's taomnomasida atigi 9 turdagi taom mavjud edi. Shundan hamburger 0,15 dollar, chizburger 0,19 dollar, qahva, Coca-Cola va Orangeade limonadlarining har biri 10 sentdan sotilgan. 

McDonald's 1948 yilda shunday ko‘rinishda edi

1954 yili bu ovqatlanish peshtaxtasi illinoyslik tadbirkor Rey Krokning e'tiborini tortdi. U sutli kokteyllar uchun aralashtirgichlarni sotish bilan shug‘ullanar edi. Ma'lumotlarga ko‘ra, u Makdonaldlardan 8ta aralashtirgich uchun  «yirik» buyurtma oladi va ularning biznesiga qiziqa boshlaydi. 

McDonald’s haqida siz bilmagan 21 fakt

Krok shu maqsadda Kaliforniyaga borib, aka-ukalarning biznesini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi va «ularning ish samaradorligidan lol qoladi». Bir yil o‘tib, Krok yangi restoranlarni ochish bo‘yicha franshiza huquqi berishga aka-ukalarni ko‘ndiradi va zudlik bilan bu huquqidan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Shunday qilib, McDonald's biznesi kengaya boshladi: ikkinchi restoran Illinoys shtati Des-Pleyns shahrida ochildi. 

Krok tomonidan ochilgan ilk McDonald's, 18 noyabr 1955 yil, Illinoys

Ilk kuni 366 dollarlik savdo bo‘lgan. 1958 yili McDonald's 100 mln dona hamburger sotdi, 2 yildan so‘ng esa, Krok kompaniyaga bo‘lgan eksklyuziv huquqni sotib oldi.

Krok McDonald's ko‘rinishiga doir reja yonida

Kompaniya tez sur'atlarda rivojlanib, yangi savdo shoxobchalarini ocha boshladi va 1965 yilga kelib ularning AQShdagi soni 700taga yetgan edi. 1984 yil noyabriga kelib McDonald's restoranlari tomonidan sotilgan hamburgerlar 50 mlrd donani tashkil etdi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanalarga McDonald's asoschilari taklif etildi. Richard Makdonaldga yubiley burgeri taqdim etildi.

McDonald's kompaniyasining AQShdagi prezidenti Edvard X. Rensi (chapda) va Richard Makdonald, 20 noyabr 1984 yil 

Bugungi kunda McDonald's har kuni 70 mln mijozga xizmat ko‘rsatadi, o‘tgan yilgi savdo hajmi 24 mlrd dollardan oshib ketdi. 

Mavzuga oid