Jahon | 00:13 / 17.05.2017
11433
1 daqiqa o‘qiladi

Astronomlar penoplastdek yengil antiqa sayyorani ochishdi

Foto: Walter Robinson / Lehigh University

AQShning Lixay universiteti olimlari o‘lchamlari bo‘yicha Quyosh tizimidagi eng yirik sayyora Yupiterdan kattaroq bo‘lgan ulkan gazsimon sayyorani aniqlashdi. Bu fazo jismining o‘ziga xosligi shundaki, u zichligi bo‘yicha penoplastga o‘xshaydi. Olimlar hozircha bu holatni tushuntira olishmayapti. 

KELT-11b deb nomlangan sayyora Yerdan 320 yorug‘lik yiliga teng uzoqlikda joylashgan. U o‘lchami bo‘yicha Yupiterdan 40 foizga kattaroq, biroq undan 5 marta yengilroq. Bundan tashqari, ekzosayyora juda zich atmosferaga ega.

Ta'kidlanishicha, sayyora olimlar Quyoshning keksa muqobili hisoblanuvchi HD 93 396 yulduzi ortidan kuzatishayotganda tranzit usuli bilan aniqlangan. 

Astronomlarning fikricha, sayyora 100 mln yildan keyin o‘zi aylanadigan yulduzning tashqi qatlamlari tomondan yutiladi. Biroq olimlar bungacha sayyoraning tarkibini o‘rganib, uning yengilligi sirini fosh qilishmoqchi.

Mavzuga oid