Jahon | 09:50 / 17.05.2017
7550
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaning AQShdagi elchisi qarorgohi yonidagi to‘qnashuvlarda 9 kishi jabrlandi

Foto: bostonglobe.com

Turkiyaning AQShdagi elchisi Serdar Qilich qarorgohi yonida yuz bergan to‘qnashuvlarda 9 kishi jabrlandi. Bu haqda 17 may kuni TASS axborot agentligi xabar berdi.  

To‘qnashuvlar Anqaraning amaldagi rahbariyati tarafdorlari va unga qarshi chiqayotganlar o‘rtasida yuz bergan. Norozilik aksiyasi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Vashingtonga tashrifi bilan bog‘liq bo‘lgan. Erdo‘g‘an 16 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashdi.

Voqea qaysi tomon aybi bilan yuz bergani hozircha noma'lum. Qarorgoh atrofidagi hudud politsiya tomondan qurshab olingan, unda transport harakati cheklangan. 

Barcha jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar. Ikki kishi jiddiy jarohat olgan.

Axborot agentligining ma'lum qilishicha, Turkiya elchisining qarorgohi Massachusets-avenyu yonidagi Sheridan-serkl ko‘chasida joylashgan. Bu yerda ko‘plab elchixonalar joylashgan. Turkiya elchisining qarorgohi Latviya elchixonasi bilan yonma-yon joylashgan. Turkiya elchixonasi qarorgoh yaqinida joylashgan bo‘lib, biroq u bilan bog‘lanmagan.

Mavzuga oid