Sport | 01:53 / 18.05.2017
8121
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «MYu» g‘alabasiz o‘yinlarini sonini oshirdi

Angliya premer-ligasining 28-turidan qoldirilgan uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda «Sauthempton» «Manchester Yunayted»ni qabul qildi.

Uchrashuv hech narsani hal qilmasdi. Ikkala jamoa ham chempionatda o‘zgarish amalga oshira olmasdi. Shu bois o‘yin ham shunga mos kechdi. «Sauthempton» hujumlar uyushtirib, golli vaziyatlarni ko‘proq yaratgan bo‘lsada, mehmonlarning argentinalik darvozaboni Serxio Romeroo yaxshi harakat qilib, darvozasi daxlsizligini (Romero «MYu» tarkibida 17 uchrashuvda maydonga tushib, 11tasida gol o‘tkazmagan) saqlab qoldi.

Ushbu natijadan keyin «MYu»ning APLdagi g‘alabasiz o‘yinlari soni beshtaga yetdi. 66 ochko to‘plagan «Yunayted» so‘nggi tur oldidan 6-o‘ringa o‘zgarmas bo‘lib, mustahkam joylashib oldi. «Sauthempton» esa 46 ochko to‘plab, «Vest Bromvich»ni bir ochkoga ortda qoldirib ketdi.

Angliya premer-ligasi
28-turning qoldirilgan uchrashuvi

Sauthempton – Manchester Yunayted 0:0
Sauthempton: Forster, Stivens, Targett, Soaresh (Pe, 69), Yosida, Redmond, Uord-Prouz (Bufal, 77), Tadich, Devis, Gabbyadini (Rodriges, 62), Romeu.
Manchester Yunayted: Romero, Smolling, Tuanzebe (Kerrik, 64), Darmian, Djons, Fellayni (Errera, 75), Mxitaryan, Mata (Reshford, 69), Bayi, Runi, Marsyal.
Ogohlantirishlar: Romeu (10), Soaresh (37), Jons (51).

Mavzuga oid