Jamiyat | 21:57 / 22.05.2017
24349
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik "Titanik"dagi plagiat uchun Jyeyms Kemerondan 300 million dollar talab qilmoqda

Foto: AP

AQSh fuqarosi Stiven Kammings rejissyor Jyeyms Kemeronni "Titanik" filmidagi "plagiat" uchun sudga berdi. U 300 million dollar miqdoridagi kompensatsiya talab qilmoqda. Daily Mail shu haqida xabar berdi

Kammingsning so‘zlariga ko‘ra, Kemeron Leonardo DiKaprio ijrosidagi Jyek Douson qahramonini yaratish uchun uning oilasiga tegishli 30 yillik tarixni "o‘g‘irlagan". Uning ta'kidlashicha, 1988 yilda Brevardda Kammings do‘stlari bilan suhbatlashgan bir paytda rejissyor ularni eshitib qolgan. 

1912 yilning 15 aprelida "Titanik" cho‘kishi natijasida 1,5 mingdan ziyod kishi halok bo‘lganini hisobga olsak, buni noyob hikoya deb bo‘lmaydi, deb yoziladi nashrda.

Kemeron hozircha mazkur voqea yuzasidan hech qanday izoh bermadi.

Bu rejissyor duch kelayotgan birinchi ayblov emas. Masalan, 2010 yilda u "Avatar"ning plagiati borasidagi ayblovlarni inkor etishiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid