Samsung Galaxy Note 8: fablet surati va videosi paydo bo‘ldi
Samsung Galaxy Note 8 smartfonining maketi Xitoydagi WEBO mikrobloglar saytida paydo bo‘ldi. Galaxy Note 8 maketining Samsung Galaxy S7 bilan taqqoslangani aks etgan videosi boshqa bir foydalanuvchi tomonidan internet tarmog‘iga qo‘yildi. Suratga ko‘ra, Samsung kompaniyasining yangi fableti tik joylashgan ikkita asosiy kameraga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ikkita yoritqichga ega bo‘lishi ehtimol.
Qurilmaning orqa yoki old tomonida barmoq izlari skanerining yo‘qligi ham muhim ahamiyatga ega. Bu shuni anglatadiki, Samsung skanerni ekran ostiga joylashtirishning uddasidan chiqqan. Samsung barmoq izlari skanerini Samsung Galaxy S8 / Galaxy S8 + smartfonlarining orqa paneliga kamera yoniga joylagan edi.
Galaxy Note 8 ekrani 6,3 dyuym bo‘lishi kutilmoqda. U AQShda Snapdragon 835 protsessorlarida, boshqa mamlakatlarda Exynos 8895 SoC chipsetlarida ishlaydi. Batareyasi 3700 mA*s hajmda bo‘ladi. Galaxy Note 8 1-6 sentabr kunlari Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA-2017 shousida taqdim etilishi mumkin, deb yozadi PhoneArena.
Qayd etish joizki, keyinroq, Samsung Galaxy Note 8 maketining videosi Youtube saytidan olib tashlandi.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:18 / 27.09.2023