Sport | 21:27 / 22.05.2017
5643
1 daqiqa o‘qiladi

«Sanderlend» Moyyesni ishdan bo‘shatdi

Devid Moyyes «Sanderlend» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqdi. Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Murabbiy va jamoa Angliya premer-ligasi joriy mavsumida muvaffaqiyatsiz yakunladi va turnir jadvalida oxirgi o‘rinni egallab, chempionshipga tushib ketdi. Jamoa oxirgi turda «Chelsi»ga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lgach, murabbiy ishdan bo‘shashga qaror qilgan.

Ma'lum qilinishicha, Moyyes o‘z ixtiyoriga ko‘ra ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan va rahbariyat uning iste'fosini qabul qilgan, shu tufayli ushbu 54 yoshli shotlandiyalik mutaxassisga kompensatsiya to‘lanmaydi.

Moyyes 2016 yil yozida Sem Ellardays o‘rniga «Sanderlend» boshqaruviga tayinlangandi. U mavsumda jamoa bilan 26 mag‘lubiyat qayd etdi, 6 g‘alaba va 6 durang - 24 ochko, to‘plar nisbati 26-69.

Mavzuga oid