Pentagon Iroq, Suriya va Afg‘onistonda qo‘shinlari sonini oshirmoqchi emas
AQSh mudofaa vazirligi Iroq, Suriya va Afg‘onistonda qo‘shinlari sonini oshirmoqchi emas. Bundan 2018 moliyaviy yil (1 oktabrdan boshlanadi) uchun mudofaa vazirligi byudjyet loyihasi darak bermoqda.
Unga ko‘ra, "Sabotli qat'iyat" operatsiyasida ishtirok etayotgan harbiylar soni joriy yilga nisbatan o‘zgarishsiz (5765 harbiy) qoladi. Operatsiya AQSh va uning ittifoqdoshlari tomondan Iroq va Suriyada 2014 yildan beri IShIDga jangarilariga qarshi olib borilmoqda.
AQSh Afg‘onistonda o‘tkazayotgan "Ozodlik qo‘riqchisi" operatsiyasida ishtirok etayotgan harbiylar sonini esa 8674 kishidan 8448 kishigacha kamaytirilmoqchi. Ushbu operatsiya Afg‘onistonda IShID va "Tolibon" jangarilariga qarshi olib borilmoqda.
AQShning barcha xorijiy harbiy operatsiyalarida ishtirok etayotgan harbiylari sonini taxminan 4 mingga (56,3 minggacha) qisqartirish rejalashtirilmoqda.
AQSh ma'muriyati 2018 yil uchun mudofaa vazirligi byudjyeti loyihasini kongressga kiritdi. Unda Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga yordamni oshirish ko‘zda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Afg‘oniston armiyasi va politsiyasining maxsus fondi bo‘yicha 4,9 mlrd dollar ajratish ko‘zda tutilgan, joriy yilda bu raqam 4,2 mlrd dollarni tashkil qiladi.
700 mln dollardan ko‘proq mablag‘ sobiq Ittifoq va Rossiya aviatexnikasini AQSh aviatexnikasiga o‘zgartirishga yo‘naltiriladi. Joriy yilda bu dastur qiymati 814 mln dollarni tashkil qiladi.
Shuningdek, Iroq va Suriyadagi operatsiyalarga xarajatlarni ko‘paytirish mo‘ljallanmoqda.
Byudjyet loyihasiga ko‘ra, "Sabotli qat'iyat" operatsiyasi va u bilan birga kechadigan operatsiyalarga 13 mlrd dollar ajratish ko‘zda tutilgan, ya'ni bu joriy yilgidan 1,1 mlrd dollarga ko‘proq bo‘ladi.
Shu bilan birga IShIDga qarshi kurash bo‘yicha maxsus jamg‘armaga boshqa mablag‘ ajratish rejalashtirilmagan (joriy yilda bu maqsadda 2 mlrd dollar ajratilgan).
Byudjyet loyihasini kongressning ikki palatasi tasdiqlashi kerak, shundan keyin u AQSh prezidentiga imzo qo‘yish uchun taqdim etiladi.
Mavzuga oid
17:13
O‘zbekiston Afg‘oniston aholisiga insonparvarlik yordami va «Salomatlik» poyezdini jo‘natdi
17:10
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024