Jamiyat | 14:58 / 27.05.2017
25013
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda an'anaviy “Gul bayrami” boshlandi (foto)

Namanganda an'anaviy “Gul bayrami” boshlandi. 27 may - 1 iyun kunlari o‘tadigan bu yilgi tantanalarga viloyatda qizg‘in xozirlik ko‘rilgan. Xususan, Namangan shahar hokimligi bergan ma'lumotga ko‘ra, asosiy bayram tadbirlari o‘tkaziladigan “Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli madaniyat va istirohat bog‘ining o‘ziga 1  milliondan ziyod gul ko‘chatlari o‘tqazilgan.

5 kun davom etadigan bayram davomida turli ko‘ngilochar dasturlar, tashkilot, korxona va muassasalar gulchi bog‘bonlarining ko‘rgazmalari, dizaynerlarning gullardan yasagan kompozitsiyalari, ssenariylashtirilgan adabiy tadbirlar va hunarmandlarning betakror san'at asarlari namoyishi aholiga bayram kayfiyatini ulashadi.

Bayram  tadbirlari jarayonida ko‘rik tanlovlar g‘oliblari aniqlanadi va “Eng orasta mahalla”, “Eng orasta ko‘cha”, “Eng orasta tashkilot”, “Eng orasta  uy-joy mulkdorlar shirkati”, “Eng orasta xonadon”, “Eng orasta rahbar ko‘chasi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanadi.

Temurmalik Vohidov

Mavzuga oid