Fan-texnika | 17:20 / 30.05.2017
6090
2 daqiqa o‘qiladi

Google hammuassisi dunyodagi eng katta dirijabl ustida ishlamoqda

Sergey Brin ulkan havo kemasini qurayotganiga oid gap-so‘zlar anchadan beri bolalayotgan edi, lekin loyihaga oid tafsilotlar endigina paydo bo‘ldi. The Guardian ma'lumotlariga ko‘ra, Brin gumanitar missiyalarni bajara oluvchi va bir vaqtning o‘zida Brinning qarindoshlari va do‘stlari uchun o‘ziga xos "havo yaxtasi" sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan ulkan dirijablni ishlab chiqishga kirishgan.

Yuk mashinalari gumanitar yordamni yetkazib berishi uchun yo‘llar ravon va to‘siqsiz bo‘lishi kerak, poyezd va samolyotlarda ham shunday - ularning bariga qulay infratuzilma kerak, dirijabl esa bu ishni maxsus qo‘nish maydonlarisiz ham amalga oshira oladi. Bundan tashqari, u uzoq vaqt havoda bo‘la oladi. Uning bortida ballast o‘rniga maxsus gaz tizimi o‘rnatiladi va bu tizim dirijabl balandligini nazorat qiladi - bu esa dunyoning istalgan mamlakatiga yuklarni yetkazish imkonini beradi. U geliyda ishlaydi. 

Dirijabl uzunligi 200 metrga yaqin - bugungi kunda u dunyodagi eng katta havo kemasi. Dirijabl Moffet Fild harbiy bazasi angarlarida ishlanmoqda - u yerda Google'ga qarashli Planetary Ventures kompaniyasi 4 kvadrat kilometr maydonni ijaraga olgan. Shartnoma 65 yilga imzolangan, uning qiymati - milliard dollarga yaqin. 

Google vakillari bu borada izoh berishdan tiyilishmoqda.

Mavzuga oid