Sport | 12:33 / 01.06.2017
14229
2 daqiqa o‘qiladi

«Buyuk aktyor» Danko Lazovich. Vengriya chempionatidagi spektakl

Serbiyalik futbolchi Danko Lazovich raqib futbolchisi bilan to‘qnashuvdan keyin «hayratlanarli darajadagi aktyorlik mahoratiga ega ekani»ni namoyish etib berdi. Bu hodisa haqida Daily Mirror xabar yozgan.

Hodisa Vengriya chempionati doirasida «Videoton» va «Gonved» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida sodir bo‘lgan. Raqib futbolchisi «Videoton» hujumchisi bo‘lmish Danko Lazovichning oyoqlari ostidan to‘pni olib qo‘ygach, serbiyalik futbolchi namoyishkorona yiqilgan va bir necha marta yumalagan. U bu vaqtda qo‘llari va oyoqlari bilan gazonga tinimsiz uradi.

«Videoton»ning boshqa bir futbolchisi bu vaqtda Lazarovichga yordam berishga shoshiladi, ammo u tinchlanmaydi. Natijada «Videoton» murabbiyi uni «o‘zini bosib olish»ga chaqirgan.

Uchrashuv «Videoton»ning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan.

Mavzuga oid