«Ishonsang, meni quch». Manchesterda musulmon yigit aksiya uyushtirdi
Baktesh Noori Angliyaning Manchester shahrida sodir etilgan teraktdan so‘ng odamlar orasida islomofobiyani yo‘q qilish maqsadida ijtimoiy tajriba o‘tkazdi. U ko‘zlarini qora mato bilan berkitib olgan, oldiga “Men musulmonman va senga ishonaman. Sen qucha olish darajasida menga ishonasanmi?”, degan yozuv bilan shahar ko‘chalaridan birida turar edi. Bu haqda Life xabar bermoqda.
Uning yoniga odamlar kela boshladi va qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlar aytib, yigitni quchoqlay boshlashdi. Oradan ma'lum daqiqalar o‘tgach, uni quchish uchun odamlar navbatda turishar edi.
«Kim bo‘lishimizdan qat'i nazar barchamiz bir xilmiz», — dedi yo‘lovchilardan biri uni quchar ekan.
Oradan vaqt o‘tib, Bakteshning atrofida telekamera ko‘targan jurnalistlar paydo bo‘ldi. Bu vaqtga kelib, yigitning atrofini tumonat odam o‘rab olgan edi.
«Kechir, men seni quchmoqchiman. Senga shuni aytmoqchimanki, hozirgi qilayotgan ishing judayam ajoyib!» — dedi yo‘lovchilardan biri.
Eslatib o‘tamiz: 22 may oqshomida Manchester shahridagi Manchester Arena yopiq stadionida portlash ro‘y berdi. Bu vaqtda amerikalik xonanda Ariana Grandening konserti bo‘layotgandi. Hodisa oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, 59 kishi yaralandi.
Mavzuga oid
00:35 / 19.12.2024
Angliyadagi 6 milliondan ziyod obekt suv ostida qolishi mumkin - tadqiqot
16:29 / 28.11.2024
Uzoq kutilgan huquqmi yoki qaltis yo‘l? Britaniyadagilar evtanaziya masalasida bahslashmoqda
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
12:00 / 09.10.2024