Jahon | 17:10 / 04.06.2017
24572
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Turkiyani xabardor qilgan

Foto: Pikabu

Amerika hukumati Turkiyani Suriyaning Raqqa shahrini IShIDdan ozod etish uchun harbiy amaliyot boshlanganidan xabardor qilgan. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim ma'lum qildi.

«Amaliyot boshlanishidan oldin bu haqda Anqaraga xabar yetib kelgandi», — deya vazirning so‘zlarini keltirgan Anadolu.

Yildirimning qayd etishicha, amaliyot 3 iyunga o‘tar kechasi boshlangan. U Turkiya AQShning IShIDga qarshi kurash usullarini ma'qullamasligini qayd etib o‘tgan.

«Biz bir necha marta Amerika tomoniga Raqqani ozod etish bo‘yicha rejaga munosabatimizni turli darajada yetkazdik. Bunga javoban Vashingtondagilar boshqa yo‘li yo‘qligi, bu ishda ular PYD va YPG (Suriyadagi kurdlarning «Demokratik ittifoq» partiyasi va kurdlarning milliy mudofaa otryadlari. — tahr) bilan hamkorlik qilishga majbur ekanliklarini bildirishdi», — degan vazir.

Yildirimning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Anqaraga kurdlar bilan aloqalar uzoq muddatli emasligi, bu «taktik hamkorlik» ekanini va'da qilgan.

Bundan oldinroq Turkiya Raqqani ozod etish amaliyotida qatnashmasligini e'lon qilgandi.

Mavzuga oid