Qatar mojarosi: yana bir davlat Doha bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Hind okeanidagi orol davlat – Komor arab mamlakatlari ketidan Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Saudiyaning SPA yangiliklar agentligi xabar bergan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Komor hukumati diplomatik aloqalar uzilgani haqidagi tegishli bildirishnomani Qatarning Moronidagi elchixonasiga yuborgan, bu qaror bugundan boshlab kuchga kiradi.
Dushanba kuni Misr, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi hamda Dohani terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtirishda ayblashdi. Keyinchalik ularning safiga Yaman, Liviya muvaqqat hukumati, Maldiv va Mavrikiy ham qo‘shildi. Iordaniya Dohadagi o‘z diplomatik vakolatxonasi darajasi pasaytirilganini ma'lum qildi. Qatar TIV rahbarining ma'lum qilishicha, Doha javob choralarini qabul qilmaydi.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
18:02 / 19.12.2024
Qatarda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzgan haydovchining avtomobili yo‘q qilindi
16:14 / 17.12.2024
Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi
19:01 / 19.11.2024