Turkiya Qatarga harbiy xizmatchilarini yuborishi mumkin
Turkiya parlamenti a'zolari Qatar bilan mudofaa sohasida hamkorlikni kuchaytirishga ovoz berishdi, deb xabar bermoqda "Deyli sabah" nashri.
Deputatlar qaroriga muvofiq, Anqara Qatarda joylashgan bazaga o‘z harbiy xizmatchilarini yuborishi mumkin.
Associated Press’ning ta'kidlashicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kuni kecha Qatarni qo‘llab-quvvatladi va Doha bilan diplomatik aloqalarni uzgan arab mamlakatlarini tanqid qildi.
Dushanba kuni Saudiya Arabistoni, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishgani haqida ma'lum qilishdi. Keyinchalik ularning safiga qator boshqa musulmon davlatlar qo‘shildi. Yamanlik husiy-isyonchilar bilan kurash bo‘yicha arab koalitsiyasiga boshchilik qilayotgan Saudiya Arabistoni esa Qatar koalitsiya tarkibidan chiqarilishi haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024