O‘zbekiston | 10:55 / 09.06.2017
6272
1 daqiqa o‘qiladi

TIVda Rossiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2017 yilning 8 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Jahon” AA xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiyaga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid