Fan-texnika | 13:29 / 10.06.2017
7136
1 daqiqa o‘qiladi

Toshiba AQShdagi ikki reaktor qurilishi uchun Southern kompaniyasiga haq to‘laydi

Yaponiyaning Toshiba korporatsiyasi Amerikaning Southern kompaniyasiga Jorjiya shtatidagi ikkita yadro reaktorlari qurilishini tugatish uchun 3,68 mlrd dollar to‘laydi. Aslida, bu AESni Yaponiya gigantining kasodga uchragan Westinghouse Electric sho‘'basi qurishi kerak edi.

Qayd etilishicha, to‘lovlarni to‘lash shu yilning oktabr oyida boshlanadi va 2021 yil yanvarigacha davom etadi. Jorjiyadagi ikkita atom reaktorlari qurilishi Southern va Westinghouse Electric hamkorligida olib borilayotgan edi. 

Joriy yil mart oyi oxirida Westinghouse Electric Nyu York sudiga murojaat qilib, bankrotlik bo‘yicha hujjatlarni topshirdi. Bu jarayon AQShning Bankrotlik kodeksi 11-bobiga muvofiq tashkil etiladi. Bu esa, mavjud loyihalarga ziyon yetkazmasdan korxonani qayta tashkil etish imkonini beradi. 

Mavzuga oid