Fan-texnika | 22:58 / 12.06.2017
46828
2 daqiqa o‘qiladi

EXPO 2017’da "Matiz"ning vodorod yonilg‘isida ishlovchi modeli namoyish qilindi

Ostonada o‘tayotgan EXPO 2017 xalqaro ko‘rgazmasining O‘zbekiston milliy pavilonida "Matiz" avtomobilining vodorod yonilg‘isida ishlovchi antiqa sinov modeli namoyish qilindi.

Ushbu avtomobilning dunyodagi boshqa analoglaridan farqi unda vodorod saqlash uchun mo‘ljallangan bakning yo‘qligi sababli xavfsizligi yuqoriligidadir. Bunday turdagi dvigatel ishi natijasida ishlangan gazlarni tashqariga chiqarish tizimida suv chiqadi.  

Ichki yonuv dvigatelida vodorod ishlatuvchi tizim evaziga avtomobil atrof-muhitga chiqaradigan gazlar hajmi 80 foizgacha kamayadi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik mutaxassislar avtomobilsozlik sohasidagi yana ikkita ishlanmani taqdim qilishdi. Ulardan biri – tomida quyosh panellari bo‘lgan elektromobil kontseptidir.   

Yana bir namoyish qilingan eksponat elektrokarting bo‘ldi. Bu tajribaviy platforma bo‘lib, unda transport vositasining barcha elektron tizimlari, akkumulyator batareyalari va elektromotorlarining o‘zaro ishlashining turli variantlari sinaladi. Bu model 110 km/soat maksimal tezlikka ega bo‘lib, yurish zaxirasi 30 km ni tashkil qiladi. Model 100 km/soat tezlikka 6 soniyada erishadi.

Bundan tashqari, "O‘zavtosanoat" AK tomondan ko‘rgazmada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 4 ta past polli MAN CNG (A22) avtobuslari harakati tashkillashtirilgan. Bu esa ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning ishlab chiqarish salohiyatini to‘liq namoyish qilishga imkon beradi. 

Mavzuga oid