Toshkent markazida avtomobil yonib ketdi
Amir Temur ko‘chasida “Matiz” transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.
2024 yilning 13 mart kuni Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasi 33-uy qarshisida soat 08:00 larda, haydovchi 1993 yilda tug‘ilgan N.A.ga tegishli “Matiz” rusumli transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lganligi oqibatida, yong‘in kelib chiqqan.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
“Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
15:29 / 17.12.2024