Seulning universitetlaridan birida portlash yuz berdi
Janubiy Koreya poytaxti Seulning g‘arbiy qismida joylashgan Yonsey universitetida portlash yuz berdi. Portlash oqibatida universitet professori jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi.
Politsiyada ma'lum qilinishicha, quti ichiga joylashtirilgan portlovchi modda oliy ta'lim muassasasining muhandislik fakulteti binosida ishlovchi professor xonasida portlagan.
Professorning aytishicha, u eshik tutqichida osilib turgan sumkada quti topib olgan. "Men qutini ochganimda, u to‘satdan portlab ketdi", deb aytgan professor. Oqibatda erkak kuyish jarohatlari olgan va shifoxonaga yetkazilgan.
Voqea joyiga politsiyaning maxsus bo‘linmalari yuborilgan, universitet qurshab olingan. Politsiya terakt versiyasini istisno qilmayapti.
Mavzuga oid
15:34 / 18.12.2024
Britaniyaning nufuzli universitetlaridan biri O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtiryapti
12:22 / 09.12.2024
Toshkentda "O‘zbek-fransuz" universiteti tashkil etiladi
17:28 / 27.11.2024
Seuldan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan reys noqulay ob-havo sabab kechiktirildi
16:52 / 07.11.2024