O‘zbekiston | 13:29 / 14.06.2017
23595
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Ozarboyjon prezidenti bilan uchrashdi

Joriy yilning 13 iyun kuni O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Tohiriy MDHga a'zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 65-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Ozarboyjon prezidenti rasmiy saytining xabar berishicha, yig‘ilish davomida Ilhom Aliyev MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev va O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston bojxona qo‘mitalari rahbarlari bilan uchrashdi.
 
Ilhom Aliyevning fikricha, MDHga a'zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 65-yig‘ilishida samarali muhokamalar bo‘lib o‘tadi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
 
Ozarboyjon rahbari bojxona xizmatlari mamlakatlar rivoji, byudjyet daromadlari va iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashda muhim o‘rin tutishini aytib o‘tdi.

Mavzuga oid