Jamiyat | 21:36 / 15.06.2017
8599
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik amaldorlar liftda Gangnam Style'ga raqs tushishdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda leyborchi va Britaniya parlamenti a'zosi Ed Bollz va Atrof-muhit muhofazasi vaziri Maykl Gouvning liftda Gangnam Style'ga raqs tushayotgan videosi tarqaldi. Video yuqori lavozimdagi amaldorlarni bunday vaziyatda ko‘rishga o‘rganmagan foydalanuvchilar tomonidan turlicha baholandi. 

"Gouvning xoreografiya saboqlarini berishi kamida g‘alati", deb hisoblashmoqda Metro jurnalistlari. 

Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, britaniyalik amaldorlar bekorga liftda raqsga tushishmagan. Bu epizod The Channel 4'dagi ko‘rsatuvlardan birida namoyish etiladi. Ko‘rsatuv 2016 yilda o‘ldirilgan Leyborchilar partiyasi a'zosi Helen Jo Koks xotirasiga bag‘ishlanadi. 

Marhumaning qarindoshlari odamlarni jipslashtirish maqsadida uning sharafiga bayram uyushtirishga qaror qilishgan. Shu bois Koksning xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv hajviy yo‘nalishda bo‘ladi, deyiladi The Telegraph'da.

Mavzuga oid