Fan-texnika | 11:30 / 16.06.2017
12259
3 daqiqa o‘qiladi

Audi kelajak muqobil avtomobili salonini namoyish qildi

Germaniyaning mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi to‘liq mustaqil harakatlanadigan yirik elektrokarning intereri konsepsiyasini namoyish qildi. 

Audi kompaniyasi kelajak muqobil elektrokarining intererini Long Distance Lounge deb nomlagan. Bu haqda CNET nashri xabar qilmoqda

Long Distance Lounge konsepsiyasini ishlab chiqish bilan Audi firmasining intererlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Entso Rotfuss shaxsan shug‘ullangan. Kelajak avtomobili o‘z o‘lchamlari bo‘yicha uzun bazali A8 sedaniga mos keladi. Bunda, kompaniyaning Ingolshtadtdagi zavodiga tashrif buyurgan CNET xodimiga ko‘ra, salonda joy ko‘p. Bunga odatdagi motor bo‘limining bo‘lmagani imkon bergan. Elektrokar intereri «beshinchi avlod» muqobil mashinasiga mos keladi — uning ichida rul chambaragi va pedallar yo‘q. Chunki, mashina boshqaruviga sun'iy aql javob beradi. 

Avtomobilga yagona katta eshik orqali kiriladi. Uning poli yog‘ochdan ishlangan bo‘lib, uni tozalashga vibratsiyali generator qo‘llaniladi. Zarralar va changlar salonning chekkasiga to‘planadi, uni maxsus changyutgich tortib oladi. 

Interer cheklanmagan shakllarga kirish imkoniga ega. O‘rindiqlar oldinga harakatlanib, o‘z o‘qi atrofida aylana oladi. Yo‘lovchiga munosib holat tanlanganida magnitlar yordamida mustahkamlanadi. Salonda, shuningdek, ko‘plab TFT-displeylar mavjud. Ular ichki sensorlar va kameralar vositasida har bir yo‘lovchiga mos ravishda sozlanadi. 

Audi kompaniyasi 2017 yil sentabr oyida yangi avlod A8 sedanini taqdim etadi. U uchinchi darajadi muqobil boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan va seriyali ishlab chiqariladigan ilk avtomobil bo‘ladi. Mashina mustaqil avtoturargohga joylasha olishidan tashqari soatiga 60 km tezlikda harakatlana oladi. Biroq, transport vositasida haydovchining bo‘lishi talab etiladi. Ayrim hollarda, tizim haydovchidan boshqaruvni o‘z ixtiyoriga olishni so‘rashi mumkin.

 

Mavzuga oid