Bryusselda Audi zavodining yopilishiga qarshi ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi
Ishchilarining soni 3 mingga yetadigan Audi zavodi 2025 yilda savdolarning tushib ketishi va ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi fonida yopilishi mumkin.
Bryusselda 5,5 mingga yaqin odam Audi avtomobilsozlik kompaniyasi zavodining yopilishi oqibatida ish o‘rinlarining qisqarishiga qarshi ish tashlash e’lon qilib, ko‘chalarga chiqdi, deb xabar beradi Bloomberg.
O‘z navbatida tashkilotchilar namoyishga chiqqanlar soni 10 ming kishini tashkil etayotganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, ular Yevropa Ittifoqi investitsiya va sanoat sektoridan bandlikni ta’minlashni talab qilib, iqtisodiyotning real sektoridagi ishdan bo‘shatishlarga qarshiligini bildirmoqda.
Ishchilarining soni 3 mingga yetadigan Audi zavodi 2025 yilda savdolarning tushib ketishi va ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi fonida yopilishi mumkin.
Financial Times’ning ma’lum qilishicha, Yevropa avtomobilsozlik kompaniyalari talabning tushib ketishi sabab elektromobillar ishlab chiqarishni qisqartirmoqda — bu Yevroittifoqning 2035 yilga borib ichki yonuv dvigatellaridan voz kechish borasidagi rejalarini amalga oshirishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
Avvalroq Volkswagen Germaniyadagi zavodlarini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Avtomobil kompaniyasining butun dunyo bo‘ylab joylashgan zavodlarida jami 650 ming xodim ishlaydi, ularning 300 ming nafari Germaniyadagi ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
18:42 / 20.12.2024
Amazonʼda kompaniya tarixidagi eng yirik ish tashlash boshlandi
19:30 / 04.12.2024
Britaniyaning The Guardian gazetasi jurnalistlari 50 yil ichida birinchi marta ish tashlash e’lon qildi
20:30 / 02.12.2024
Volkswagenʼning to‘qqizta zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
23:18 / 23.11.2024