Jamiyat | 22:58 / 18.06.2017
9908
2 daqiqa o‘qiladi

Erkak "Moskva-siti"dagi osmono‘par binoga ehtiyot moslamasiz ko‘tarildi

Politsiya Moskvadagi "Moskva-siti" biznes markazidagi osmono‘par binolardan biriga ko‘tarilgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda Moskva shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.   

Avvalroq OAVda bir erkakning qo‘shimcha ehtiyot moslamasiz markazdagi "Yevraziya" binosi devori bo‘ylab tepaga ko‘tarilayotgani videosi paydo bo‘lgandi.

Ta'kidlanishicha, politsiya xodimlari qo‘riqlanuvchi obekt tartibini buzib, ushbu binoga ko‘tarilgan qoidabuzarni hududiy ichki ishlar boshqarmasiga yetkazishgan.    

Politsiyaning ma'lum qilishicha, erkakka nisbatan ma'muriy qoidabuzarlik kodeksining "qo‘riqlanuvchi obektga kirishga ruxsat tartibini buzish" moddasi bo‘yicha ma'muriy bayonnoma tuzilgan. Bu qoidabuzarlik uchun ko‘zda tutilgan maksimal sanksiya 5 ming rubl miqdorida jarima solish va ma'muriy qoidabuzarlikni amalga oshirishda qo‘llangan uskunani musodara qilishdan iborat.

Mavzuga oid