Jahon | 07:50 / 20.06.2017
5772
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda sud binosidagi otishma oqibatida politsiyachilar jarohat oldi

Foto: foxnews.com

AQShning Tennessi shtatidagi sud binosida yuz bergan otishma oqibatida sherifning ikki o‘rinbosari jarohat oldi, deb xabar bermoqda AP axborot agentligi. 

Koffi okrugi sherifi vakili Laki Nottning aytishicha, sud binosiga yetkazilgan mahbus politsiyachilarning biridan to‘pponchani tortib olib, ularga qarata o‘q uza boshlagan. Sherif o‘rinbosarlaridan biri qorin sohasidan, boshqasi esa qo‘lidan yaralangan. Ayni vaqtda jarohatlangan politsiyachilar shifoxonada qolmoqdalar.

Nottning qo‘shimcha qilishicha, mahbus otishma sodir etgandan keyin sud binosidan qochib chiqayotganda, taxmin qilinishicha, o‘ziga o‘qotar jarohat yetkazgan.

Mavzuga oid