Jahon | 13:33 / 27.06.2017
6017
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyning Sichuan viloyatida yana bir ko‘chki yuz berdi
Xitoyning Sichuan viloyatida ikkinchi ko‘chki yuz berdi. Bu haqda Associated Press Xitoy milliy radiosiga asosan xabar tarqatdi.
Ta'kidlanishicha, ko‘chki seshanba, 27 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 lar atrofida yuz bergan.
Hodisa joyida bo‘lgan kishilar xavfsiz joyga ko‘chirildi. Tabiiy ofat ko‘lami haqida hozircha hech narsa ma'lum emas.
Sichuan viloyatining Moasyan uyezdida birinchi ko‘chki shanba, 24 iyun kuni yuz berdi. 140 dan ortiq inson tuproq ostida qolib ketgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 kishiga yetdi, yana 109 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
07:40 / 06.11.2024