AQShda bir order bilan 3,2 millionta xabar qo‘lga kiritilgan
AQShda 2016 yilda huquq-tartibot idoralari bir sud orderi bo‘yicha 3 mln 292 ming 385 ta telefon suhbati va xabarlarni qo‘lga kiritganlar. Bu haqda AQSh sudlarining 2016 yildagi maxfiy tinglashlar haqidagi hisobotida aytilgan.
Bu order 60 kunga Pensilvaniyada giyohvand moddalar bilan bog‘liq tergov doirasida berilgan. 26 kishi orqasidan kuzatuv olib borilgan.
Huquq-tartibot idoralari ushbu ish bo‘yicha 16 kishini hibsga olishgan, biroq bu odamlardan birortasi hali sudlanmagan. Tinglashlarga 355 ming dollar sarflangan.
Hisobotga ko‘ra, 2016 yilda huquq-tartibot idoralari 3168 ta tinglash bo‘yicha hisobot berishgan. Olingan ma'lumotlar asosida 12 mingdan ko‘proq odam ushlangan, ulardan deyarli har o‘ninchisi sudlangan.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024