Jahon | 00:26 / 04.07.2017
21504
2 daqiqa o‘qiladi

Arzon aviachiptalarni qo‘lga kiritish usullari ma'lum qilindi

Britaniyaning Daily Star gazetasi arzon aviachipta olishning ba'zi usullari haqida ma'lum qildi. Maqola 3 iyul, dushanba kuni chop etildi. 

Jurnalistlar, xususan, eng foydali takliflarni topishga yordam beruvchi SkyScanner yoki Opodo kabi aviachiptalarni qidirish servislaridan foydalanishni tavsiya qilishadi. Biroq bunda brauzerni inkognito rejimiga o‘tkazgan yaxshi, shunda foydalanuvchi tomonidan avval kirilgan saytlar haqidagi ma'lumot saqlanib qolmaydi. 

Gap shundaki, turistik portallar cookies fayllarini qo‘llashlari mumkin. Ular ma'lum bir inson muayyan saytlarga necha marta kirganini belgilaydi. Agar foydalanuvchi tomonidan servis ma'lumotlariga kuchli qiziqish bildirilsa, unga qidiruv servisida faqat qimmat chiptalar bo‘yicha ma'lumotlar ko‘rsatiladigan qilib sozlanadi. 

Uchinchi usul - parvozni turpaket tarkibida band qilish, chunki shunday hollarda sayohat arzonroqqa tushadi. Shuningdek parvozga bir necha soat qolganda ham chiptalarga buyurtma berish mumkin. Reysga oz vaqt qolganda aviakompaniyalar mijozlarni jalb qilish va laynerlarni to‘ldirish maqsadida narxlarni pasaytirishi mumkin.

Arzon chiptalar uchun yozgi sayohatlardan tiyilib, hordiqni avgustning oxiri - sentabrning boshiga rejalashtirish mumkin. Shuningdek turistlarga sanalarga e'tiborli bo‘lish tavsiya qilinadi: masalan, ko‘pincha hafta o‘rtasidagi parvoz chiptasi dam olish kunlaridagilariga nisbatan arzonroq bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, dam olish joyining tanloviga o‘ylab yondashish kerak. Sayyohlar orasida u qadar mashhur bo‘lmagan sayohatlar talab katta bo‘lgan yo‘nalishlarga nisbatan, qoidaga ko‘ra, ancha arzon bo‘ladi. 

Mavzuga oid