Jahon | 11:20 / 04.07.2017
10485
2 daqiqa o‘qiladi

«Sen bizning birodarimizsan» - FQB xodimlari Tramp haydagan rahbarlarini qo‘llab-quvvatlashmoqda

AQSh Federal Qidiruv Byurosi xodimlari sobiq rahbarlari Jyeyms Komini qo‘llab-quvvatlashning o‘ziga xos yo‘lini topishdi.

Tashkilotning bir necha xodimi ular uchun uyushtirilgan oila kunida #Comeyismyhomey heshtegi tushirilgan futbolkada kelishgan. Bu «Komi, sen mening birodarimsan», degan ma'noni bildiradi. AQShning eng obro‘li tashkiloti xodimlari shu yo‘l bilan sobiq rahbarlarini qo‘llab-quvvatlashdi.

Tvitterda bu heshteg ommalashib ketdi, ko‘pchilik Komi haqida iliq fikrlarini bildirmoqda. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan rasmlarda ko‘rinadiki, MQBning 12 nafar xodimi shu kiyimni kiyishgan. Kiyimlarda ham Komidan iqtibos va uni qo‘llaydigan so‘zlar yozilgan.

FBI'ning ayol xodimlaridan biri Komining mashhur «Biz insonlarga yaxshilik qilish uchun tanlanganmiz», degan yozuvini o‘z kiyimiga tushirib olgan.

AQShning boshqa hududlarida ham allaqachon yuqoridagi heshtegda yozilgan so‘zlar bitilgan futbolkalar tarqaldi va ko‘pchilik Komining bekorga ketganini ta'kidlamoqda. http://Amazon.com saytida bunday futbolkalarni 20 dollardan sotib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Tramp Komini may oyida o‘z vazifasidan ozod qilgandi. Komi Trampning Rossiya bilan aloqalarini tekshirayotgan edi va ko‘pchilikning fikricha, aynan mana shu uning iste'fosiga sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid