Jamiyat | 16:30 / 04.07.2017
9375
1 daqiqa o‘qiladi

Sherigining pechenesini yeb qo‘ygan politsiyachi ishdan bo‘shatildi

London politsiyasida qiziq hodisa yuz berdi. Skotlend-Yard matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Londondagi politsiya xodimlaridan biri ishga kelganida oldingi smenadagi xodimdan qolgan qutisi ochilgan pechenega ko‘zi tushgan.

Politsiyachi undan tatib ko‘rgan va boshqalarga ham ulashgan. Keyin esa janjal yuzaga kelgan. Oqibatda sherigining pechenesini yeb qo‘ygan politsiyachi 1 yilga o‘z vazifasidan ozod qilingan.

Mirror nashrining yozishicha, bunday arzimagan holatlar uchun politsiyachilarni ishdan bo‘shatish Britaniya politsiyasi uchun odatiy holga aylanib qolgan. Nashrda bunday ishdan bo‘shatishlar bilan bog‘liq mingdan ortiq holat aniqlangani aytilgan.

Mavzuga oid