Indoneziya prezidenti G20 sammitiga olib kelgan oila a'zolari xarajatini o‘zi to‘laydi
Indoneziya prezidenti Joko Vidodo oila a'zolarining Turkiya va Germaniyada bo‘lgan vaqtlari uchun xarajatlarini o‘zi to‘laydi. U bu mamlakatlarda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan hamda G20 sammitida ishtirok etgan. Jakarta Globe gazetasining yozishicha, davlat rahbarining matbuot xizmati rahbari Bey Mahmudin shunday ma'lumotni taqdim etgan.
"Prezident u bilan birga borgan oila a'zolarining parvozi, yashashi va boshqa xarajatlariga doir chekni ko‘rsatishni so‘radi. U bularni shaxsan to‘lashini aytdi", - degan matbuot kotibi.
Byudjyet shaffofligi bo‘yicha Indoneziya forumi bosh kotibi o‘rinbosari Apun Vidadi hukumatdan prezidentning yaqinda Turkiya va Germaniyaga safarlariga doir tushuntirishlar berishni so‘ragan edi. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, davlat rahbari safari chog‘ida faqat rafiqasini byudjyet hisobidan olib ketishi mumkin. Biroq, Vidodo o‘zi bilan birga 3 farzandi, kelini va bir yarim yashar nevarasini ham olib ketdi.
Bundan tashqari, matbuot kotibining qayd etishicha, "oilaning barcha a'zolari prezident samolyotida bo‘lganiga qaramay, ular noqulaylikka sabab bo‘lmagan va Indoneziya rasmiy delegatsiyasi ishiga xalaqit bermagan".
Mavzuga oid
15:29 / 19.12.2024
Indoneziyada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
19:31 / 05.12.2024
Apple Indoneziyadagi ishlab chiqarish korxonalariga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
10:17 / 11.11.2024