Yildirim: Isyonchilarning terrorchilardan farqi yo‘q
Turkiyada 2016 yilning 15-16 iyul kunlarida davlat to‘ntarishiga urinish voqeasining bir yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar uyushtirilmoqda.
12 iyul kuni o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim chiqish qildi.
«Umid qilamanki, 2016 yil iyuli voqealaridan keyin tug‘ilgan bolalar bunday kunni (Fathulloh Gulen tarafdorlari uyushtirgan davlat to‘ntarishiga urinish) ko‘rishmaydi», dedi Yildirim.
«15 iyul voqealari – Turkiya tarixidagi eng manfur davlat to‘ntarishiga urinish bo‘ldi», - dedi hukumat rahbari. U isyonchilarni ham terrorchilar kabi yaxshi va yomon isyonchilarga ajratib bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tgan.
«Hech bir davlat o‘z siyosatiga qarshi chiquvchilar bilan kelisha olmaydi. Bu umum tomonidan qabul qilingan fakt», - deya qayd etgan bosh vazir.
Turkiya bosh vaziri xoinlar sudga keltirilishi va jazosini olishini ta'kidlagan.
«Isyonchilar yuzidagi aybsizlik niqobi jamoatchilikni chalg‘itmasligi kerak. Parlamentni bombalaganlar, maxsus xizmatning 53 jangchisini o‘ldirganlar javobgarlikdan qutulib qolmasligi kerak», - deya va'da bergan Yildirim.
Mavzuga oid
19:31 / 06.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi isyonchilar yurishi yuzasidan munosabat bildirdi
20:37 / 30.05.2021
Turk mafiozi jonli bombami: u YouTube’da e'lon qilgan shov-shuvli videolarda nimalar haqida so‘z boradi?
17:00 / 23.06.2019
Istanbul merligi uchun takroriy saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Erdo‘g‘anning siyosiy kelajagi natijalarga bog‘liq
00:18 / 07.09.2018