Fan-texnika | 16:05 / 13.07.2017
14685
2 daqiqa o‘qiladi

Smartfonlar yordamida eng dangasa va faol davlatlar aniqlandi

Stenford universiteti olimlari jahonning turli davlatlari aholisi harakatini baholash uchun smartfonlardagi ma'lumotlardan foydalanishdi. Tadqiqotda dunyoning 111 mamlakatidan bo‘lgan 717 ming erkak va ayollar ishtirok etdi, ularning piyoda yurish odatlari 95 kun davomida tahlil qilindi.

Olimlar zamonaviy barcha smartfonlardagi akselerometrlar yordamida inson qancha qadam qo‘yishini baholash imkoniga ega bo‘lishdi. Ma'lum bo‘lishicha, tadqiq etilayotgan davlatlar fuqarolarining qadamlari o‘rtacha soni 4961 ga teng bo‘ldi. Har kuni eng ko‘p piyoda yuradigan kishilar Hongkong (6880) va Xitoyda (6189) yashashi ma'lum bo‘ldi, eng “dangasalar” esa - Malayziya (3963), Saudiya Arabistoni (3807) va Indoneziyada (3513) ekan. Olimlarning ta'kidlashicha, qadamlarning o‘rtacha soni alohida davlatlardagi semizlik bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan bog‘lanmagan.

Aksincha, semizlikka “faollikning tengsizligi” deb ataluvchi – eng dangasa va eng faol fuqarolar o‘rtasidagi ko‘rsatkich bog‘liqdir. Tadqiqot Nature jurnalida e'lon qilindi.

Mavzuga oid