Namanganda hojatxonaga tushib ketgan telefon tufayli 3 kishi halok bo‘ldi
2017 yilning 13 iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida hojatxonada og‘ir gazdan zaharlanish sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Ushbu xonadonda yashovchi fuqaro G.Musaboyeva Samsung Galaxy J7 uyali telefonini uyidagi hojatxonaga tushirib yuborgan.
Shu kuni Musaboyeva tomonidan yollangan ishchilar A.Qirg‘izboyev va O.Murzaliyev telefonni olib chiqish uchun birin-ketin hojatxona tubiga narvon yordamida tushishgan va og‘ir gazdan zaharlanib, hushdan ketishgan.
Shifokor yollanma ishchilarni qutqarib olish uchun hojatxona tubiga tushayotib zaharlanib, hushini yo‘qotgan.
Namangan viloyati FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari kelib tushgan xabardan so‘ng qisqa muddat ichida voqea joyiga yetib borib, vafot etganlarni hojatxona tubidan olib chiqishgan.
Fuqarolar A.Qirg‘izboyev va O.Murzaliyev voqea joyida, fuqaro Q.Irisboyev esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda jon bergan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli xizmatlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
21:23 / 21.11.2024